Kobuldan Germaniyaga nafaqat yordamga muhtoj kişilar, balki jinoyatçilar ham olib kelingan. Bu haqda Germaniya içki işlar vazirligi ma'lum qildi.
Hozirga qadar 20 nafar huquqbuzar aniqlandi, dedi Germaniya içki işlar vaziri Horst Zeyehofer. Uning sözlariga köra, Germaniyaga kelganlar orasida zöravonligi uçun sudlanganlar, soxta hujjatlar tayyorlaganlar bor.
Kobuldan evakuatsiya qilingan tört kişi bir neça yil avval Germaniyadan deportatsiya qilingani ma'lum bölgan. Bundan taşqari, bir neça kişining ismi Germaniya terrorizmga qarşi kuraşiş markazi röyxatidan çiqqan. Yana ikki kişi hibsga oliş töğrisidagi orderga muvofiq qamoqqa olingan.
Jinoyatçilar yuzaga kelgan "favqulodda vaziyat"dan foydalanib qolgan, dedi Zeyehofer.
Ma'lumot berilişiça, Afğonistondan Germaniyaga hammasi bölib 4587 kişi, jumladan, 3849 nafar Afğoniston va 403 nafar Germaniya fuqarosi olib kelingan. Qolganlar boşqa davlat fuqarolari bölgan.
AQŞda ham Kobuldan olib kelinganlarga nisbatan gumonlar paydo bölgan. NBC telekanalining xabar berişiça, AQŞga evakuatsiya qilingan 30 ming nafar afğonistonlikning 10 ming nafari qöşimça tekşiruvdan ötkazilgan. Telekanal manbalarining sözlariga köra, Vaşington 100ga yaqin kişini "Tolibon" yoki terrorçi guruhlar bilan aloqador deb gumon qilmoqda.













