Qaşqadaryo viloyati Qarşi tumanida yaşovçi şaxs uy talaşiş ortidan kelib çiqqan janjal paytida öz nabirasini piçoqlab qöygan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 29 avgust kuni soat 22:00 larda Qarşi tumani Paxtazor mahallasida yaşovçi nafaqaxör T.O. nabirasi Ğ.O. bilan uy-joy masalasida janjallaşib qolgan.

Janjal davomida bobo nabirasining çap tomon qorin old sohasiga bir marotaba piçoq sançib, unga tan jarohati yetkazgan. Oqibatda Ğ.O. tan jarohati olib şifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilişiça, mazkur hodisa yuzasidan Qarşi tumani IIB tergov bölimi tomonidan jinoyat kodeksning tegişli moddasi bilan jinoiy iş qözğatilgan.