Toşkent şahrida Özbekiston energetika vaziri Alişer Sultonovning “ACWA Power” (Saudiya Arabistoni) kompaniyasi boşqaruv kengaşi raisi Muhammad Abdulloh Abunayan bilan uçraşuvi bölib ötdi.

Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga köra, muzokaralar çoğida hamkorlikning hozirgi holati, jumladan, issiqlik elektr stansiyalari va şamol elektr stansiyalarini quriş, şuningdek, hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Özbekiston tomoni Saudiya Arabistoni kompaniyasi tomonidan Sirdaryo IES yaqinida 1 500 MVt quvvatga ega yangi issiqlik elektr stansiyasi (IES) qurilişi loyihasi doirasida amalga oşirilayotgan rejali quriliş-montaj işlarini qayd etdi. Hozirgi vaqtda loyiha maydonida tuproqni mustahkamlaş böyiça işlar olib borilmoqda, smena lageri quriliş işlari yakunlangan.

Joriy yil yanvar oyida “ACWA Power” kompaniyasi bilan investitsiya şartnomasi imzolangan, unga köra kompaniya Buxoro viloyatida ikkita şamol elektr stansiyasini quriş niyatida. Uçraşuv çoğida Özbekiston tomoni uşbu şamol elektr stansiyasi qurilişi böyiça anemometrik tadqiqot işlari yakunlanişini kutayotganini ta'kidladi.

Uçraşuv davomida Energetika vazirligi “ACWA Power” kompaniyasining Şirin şahridagi energetika kollejida ixtisoslaştirilgan öquv markazini yaratişga qöşgan hissasi uçun minnatdorçilik bildirdi, deyiladi xabarda.