Toşkent şahar hokimligi va Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Toşkent şahar istirohat boğlari 24 soat mobaynida tun-u kun faoliyat yuritişiga ruxsat beriş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.

Xalq deputatlari Toşkent şahar Kengaşiga Toşkent şahrida 24 soat mobaynida tun-u kun faoliyat yuritadigan istirohat boğlarida jamoat xavfsizligini ta'minlaş böyiça majburiy talablarni belgilaş tavsiya etildi.

Toşkent şahrida joylaşgan budjet taşkilotlariga özlarining yöl yoqasida joylaşgan binolari yaşil hududlarini şahar obodonlaştiriş talablariga mos ravişda saqlab turiş majburiyati yuklandi.

Toşkent şahar hokimligining Bektemir va Uçtepa tumanlarida obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş vazifalarini autsorsing asosida tadbirkorlarga beriş yuzasidan 2022 yil 1 yanvardan 2023 yil 1 yanvargaça huquqiy eksperiment ötkaziş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.

Belgilanişiça, huquqiy eksperiment doirasida:

  • mahalliy budjet parametrlarida uşbu tumanlarni obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş işlariga möljallangan mablağlar yönaltirilişi inobatga olinadi;
  • obodonlaştiriş va kökalamzorlaştiriş vazifalarini tadbirkorlarga beriş natijasida böşaydigan ştat birliklarida mehnat faoliyatini yuritayotgan xodimlarni işga oliş uşbu tadbirkorlik sub'yektlariga tavsiya etiladi.