Qoraqalpoğistondagi maktablarga 81 ming donadan ziyod "kitoblar karvoni" yetib bordi. Bu haqda Jöqorği Kenges matbuot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi.

Qayd etilişiça, Qoraqalpoğistondagi maktablar hamda şahar va tumanlardagi axborot resurs markazlarining kutubxona fondi uçun 55 ming dona qoraqalpoq tilidagi kitoblar çop etilgan. 26 ming donadan ziyod özbek tilidagi adabiy kitoblar sotib olingan. Bular uçun 1,5 milliard sömga yaqin mablağ ajratilgan.

Keça, 7 sentabr kuni Nukusdan adabiy kitoblar yuklangan kitob karvonlari öz manzillariga qarab yöl olgandi. Şu munosabat bilan ötkazilgan tadbirda Jöqorği Kengesi qömita raisi Dovud Qurbaniyazov, Qoraqalpoğiston Respublikasi xalq ta'limi vaziri Rustem Reimov iştirok etişdi.

Jöqorği Kenges matbuot xizmatining qöşimça qilişiça, kitoblar Qoraqalpoğistondagi barça maktablarga yetib borgan.

Ta'kidlanişiça, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi Prezidiumining qarori asosida umumiy örta ta'lim maktablarining kutubxona fondlarini adabiy kitoblar bilan ta'minlaş maqsadida ularga mablağ ajratiş belgilangan edi.

Eslatib ötamiz, oldinroq Saida Mirziyoyeva I.V.Savitskiy merosi haqida turkum kitoblar tayyorlanayotganini ma'lum qilgandi.