Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Afğonistonda muvaqqat hukumat tuzilişi yuzasidan bayonot berdi.

«Özbekiston Afğonistonda muvaqqat Hukumat tuzilganini olqişlaydi.

Umid qilamizki, mazkur qaror mamlakatda keng kölamli milliy kelişuvga erişilişi hamda mustahkam tinçlik va barqarorlik örnatilişi tomon ilk qadam bölib qoladi.

Afğonistonning yangi davlat idoralari bilan konstruktiv muloqot va amaliy özaro hamkorlikni rivojlantirişga tayyorligimizni bildiramiz», deyiladi vazirlik matbuot xizmati xabarida.

Eslatib ötamiz, 7 sentabr kuni toliblar Afğonistonning yangi hukumati tarkibini e'lon qilişdi. Unga köra, mamlakat boş vazirligi Muhammad Hasan Oxundga yuklangan, Abdulğani Birodar uning örinbosari böladi. Hozirça birorta davlat bu hukumatni rasman tan olmagan, «Tolibon» yaqin orada muvaqqat hukumatni rasman taniştiriş marosimini ötkazmoqçi, tadbirga Pokiston, Xitoy, Rossiya, Eron, Turkiya va Qatar davlatlari taklif etilgan.