Afğonistonning Tojikistondagi elçisi Muhammad Zohir Agbar Duşanbeda ötgan matbuot anjumanida tez orada marşal Döstum va boşqa afğon yetakçilari yiğiliş ötkazişini aytdi.

Elçining aytişiça, Döstum va yetakçilar Panjşerdagi qarşilik kuçlarini qöllab-quvvatlaş masalasini muhokama qilişadi. Matbuot anjumanida elçi Afğoniston islom respublikasi nomidan qatnaşayotganini bir neça marta ta'kidladi. Janob Agbar Panjşerdagi qarşilik kuçlari hamon «Tolibon»ga qarşilik körsatayotganini aytdi.

«Qarşilik kuçlari safida nafaqat tojiklar, balki puştunlar, özbeklar va hazoriylar ham bor. Qarşilik kuçlari hamon öz pozitsiyasida turibdi. Hududda harbiy holat, odamlar darani tark etib, toğlarga çiqib ketgan. Işonçim komil, tez orada «Tolibon» Panjşer nima ekanini bilib oladi. Va yana işonamanki, qarşilik Panjşer bilan tugamaydi va butun afğoniston böylab tarqaladi», dedi elçi.

Şuningdek, Afğoniston elçisi qarşilik kuçlari yetakçisi Ahmad Mas'ud va Afğoniston vitse-prezidenti Amrulla Solih Tojikistonga qoçib ötmaganini aytdi: «Ahmad Mas'ud xavfsizlik çoralari sabab jamoatçilik bilan aloqada emas. Amrullo Solih esa Panjşerda bölib turibdi va Afğoniston Islom Respublikasi hukumatini boşqarişda davom etmoqda».

Muhammad Zohir Agbar Duşanbedagi matbuot anjumanida toliblar Panjşerga hujumlar vaqtida bolalar va qariyalarni uyidan çiqarib otib taşlaganini aytdi. Şuningdek, elçi Pokiston Afğonistonning içki işlariga aralaşganini aytib, yaqinda Pokiston razvedkasi rahbari Afğonistonga kelgani buning isboti ekanini misol qildi.

Elçi qarşilik kuçlari öz pozitsiyasida turganini aytgan bölsa-da, «Tolibon» Panjşerni nazoratga olganini ma'lum qilgan. Toliblar va qarşilik kuçlari özaro uruşlar boşlangandan buyon bir-biriga qarşi «axborot uruşi» qilib turibdi.