Toliblarga Panjşer viloyatini egallaşda Pokistonning yordami kerak bölmadi, dedi Afğoniston muvaqqat hukumati taşqi işlar vaziri Amir Xon Muttaqiy.
“Agar 33 ta viloyatni Pokistonning yordamisiz öz nazoratimizga olgan bölsak, Panjşerdagi ikki-uçta tumanni oliş uçun Pokiston yordam berişining nima keragi bor?” – deya Muttaqiyning sözlaridan iqtibos keltirdi AfghanUrdu.
“Bunday xabarlar şunçaki tarğibotdan boşqa narsa emas “, – deya qöşimça qildi u.
Avvalroq qator ommaviy axborot vositalari Pokiston harbiy aviatsiyasi va maxsus kuçlari “Tolibon”ga Panjşerni egallaşda yordam bergani haqida yozgandi.
Juma kuni Pokiston TIV vakili Osim Iftixor bu xabarni rad etdi.

















