Şimoliy Koreya kommunistik davlat taşkil etilganining 73 yilligi munosabati bilan harbiy parad ötkazdi. Unda ballistik raketalar namoyiş etilmadi, lekin töq sariq rangdagi himoya kombinezonlari, gazniqoblar va boşqa tibbiy respiratorlardagi odamlar kolonnasi olib ötildi.

Paradda şuningdek 2013 yildan buyon ilk marta Işçi-dehqonlar Qizil gvardiyasi — KXDR fuqarolik mudofaasi kuçlari ham iştirok etgan.

Paradda mamlakat yetakçisi Kim Çen In ham iştirok etgan.

Suratlarda bolalar davrasidagi ança ozğin bölib qolgan dohiyni köriş mumkin. Kuzatuvçilar sönggi oylarda janob Kim vazn taşlaganini qayd etişgan; buning sababi noma'lum va bunga heç kim rasman izoh bermagan.

Bu mamlakatda oziq-ovqat tanqisligi yuzaga kelgani bilan boğliq bölişi ehtimoldan yiroq, lekin Şimoliy Koreya Covid-19 pandemiyasi davrida oziq-ovqat yetişmovçiligi bilan boğliq oğir muammoga duç kelgan, şu tufayli köplab şimoliy koreyaliklar töyib ovqatlana olişmayapti.

Payşanbaga ötar keçasi ötkazilgan paradda  davlat naşrlarida e'lon qilingan suratlarga köra, öt öçiriş maşinalari va traktorlar ham iştirok etgan, şuningdek salyut otilgan.

Paradda maxsus kiyimdagi odamlar ham ötgani mamlakatda Covid-19 tarqalişining oldini oliş uçun maxsus kuçlar tuzilganini anglatişi mumkin.

Tahlil
Lora Biker, BBC’ning Seuldagi korrespondenti

Şimoliy Koreyada paradlar ikki maqsadga xizmat qiladi.

Ba'zida bu yangi harbiy texnikalar va ballistik raketalarni taşqi dunyoga namoyiş etiş vazifasini bajaradi.

Ammo paradlar asosan ayniqsa qiyin davrlarda içki siyosatni mustahkamlaş maqsadida ötkaziladi. Bu jangovar ruhni kötariş va fuqarolarga harbiy qudrat kuçini muşaklarning kuçli ovozi ostida körsatib qöyiş vositasidir.

Paradda maxsus himoya kiyimlaridagi odamlar köriniş berişi Pxenyan öz fuqarolariga Covid-19 tarqalişiga qarşi kuraşni davom ettirayotganini körsatişni istaganini bildiradi - holbuki Şimoliy Koreya rasman virusdan zararlaniş holatini qayd etmagan.

Pxenyan joriy yil boşidan buyon uç marta parad ötkazib ulgurdi, bu hatto Şimoliy Koreya uçun ham köplik qiladi.

Poytaxtda pandemiya davrida niqobsiz köp miqdordagi odam töplanişi, hali mamlakatda biror kişi emlanmagan va vaksina ham bölmagan şarotda kam xavf tuğdirmaydi.

Aftidan, Kim Çen In tavakkal qilişga arziydi, deb hisoblagan.

Xitoy davlat naşrlari xabarlariga köra, Xitoy rahbari Si Tszinpin Kimga tabrik nomasi yöllagan.

Xitoy - Şimoliy Koreyaning azaliy ittifoqçisi bölib, mamlakatga oziq-ovqat, kömir va yoqilği yetkazib beradi.

Ammo 2020 yil yanvarida Şimoliy Koreya koronavirus kirib kelişining oldini oliş maqsadida çegaralarini yopganidan keyin ikki davlat örtasidagi savdo hajmi keskin qisqarib ketadi. Bundan taşqari, Pxenyan Xitoydan yuborilgan uç million doza vaksinani qaytardi.

Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ma'lumotiga köra, 19 avgust holatiga köra Şimoliy Koreyada Covid-19ga çaliniş bilan boğliq birorta holat qayd etilmagan, lekin kuzatuvçilar bunday bölişi ehtimoli deyarli yöqligini aytib kelişadi.

JSSTning haftalik hisobotiga köra, 37291 kişi, jumladan tibbiy xodimlar va grippni eslatuvçi belgilar kuzatilgan odamlar test qilingan, ammo birorta musbat holat qayd etilmagan.

Kim Çen In mamlakatda oziq-ovqat yetişmovçiligi yuzaga kelganini tan olgan. Avgust oyida Şimoliy Koreyada oziq-ovqat tanqisligi tufayli aholiga armiya zaxiralaridan guruç tarqatilayotgani haqida xabarlar berilgandi. Insonparvarlik taşkilotlari odamlar oçlikdan ölayotgani va iqtisodiyotning barqaror emasligi haqida hisobotlar berişgan.

Lekin iqtisodiy qiyinçiliklar KXDR yadro dasturiga ta'sir körsatmagan körinadi: avgust oyida BMTning atom energiyasi böyiça agentligi Pxenyan yana Yonben reaktorini işga tuşirgan bölişi mumkinligini ma'lum qildi. Yonben Şimoliy Koreyadagi 1964 yilda taşkil etilgan yirik yadro obekt bölib, u yerda qurollar uçun qöllanadigan plutoniy işlab çiqariladi.