“Biz ötgan beş yilda katta tajriba orttirdik. Xalqimiz bizga işondi va inondi. Ayni vaqtda el-yurtimiz bizdan yangi reja va dasturlarni amalga oşirişni kutmoqda.
Xalqimizning ana şunday işonçi va orzu-niyatlari, ezgu umidlarini röyobga çiqariş maqsadida: yurtimizda tinçlik va barqarorlikni saqlaş; fuqarolar va millatlar örtasida döstlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlaş; xalqimizning ma'naviy dunyosini yanada yuksaltiriş; Özbekistonda yaşayotgan, millati, tili va dinidan qat'i nazar, har bir vatandoşimizning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya etiş, kafolatli daromad manbai, tibbiy xizmatlar va uy-joy, sifatli ta'lim bilan ta'minlaş; kambağallikni qisqartiriş va ehtiyojmand aholini ijtimoiy muhofaza qiliş; mamlakatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e'tibori va nufuzini oşirişga qaratilgan Yangi Özbekiston strategiyasini işlab çiqdik.
Bugun sizlarga taqdim etilgan şu nomli kitobda uşbu strategiyaning ustuvor yönalişlari haqida batafsil fikr yuritilgan. Şu bilan birga, kitobga kirmagan, ammo e'tibor berişimiz lozim bölgan quyidagi eng muhim va dolzarb masalalarni ham hisobga olişimiz zarur.
Birinçidan, bugungi kunda mamlakatimiz aholisi 35 millionga yetdi, 2026 yilga borib esa 38 milliondan oşişi kutilmoqda. Bu – yurtimiz jahonda aholi soni böyiça 37-öringa çiqib, Polşa, Kanada, Saudiya Arabistoni kabi davlatlar aholisidan ham oşadi, degani.

Ikkinçidan, aholimizning qariyb 55 foizini yoşlar taşkil etadi va har yili mehnat bozoriga kamida 600 ming yoşlar kirib kelmoqda. Bunday demografik ösiş biz uçun ham imkoniyat, ham juda katta mas'uliyat demakdir.
Uçinçidan, dunyo miqyosida iqtisodiyotning tarkibi keskin özgarib, raqamli va biotexnologiyalar, sun'iy intellekt kabi sohalar şiddat bilan hayotga kirib kelmoqda. Iqtisodiyot rivojini uskunalar emas, balki zamonaviy bilim va innovatsiyalar belgilaydigan zamon keldi.
Törtinçidan, iqlimning keskin özgarişi, suv resurslarining kamayib borişi insoniyat uçun kelajakdagi emas, aynan bugungi kundagi dolzarb muammoga aylandi. Bu esa dunyo miqyosida qişloq xöjaligi, oziq-ovqat xavfsizligi, aholi salomatligi va daromadlariga jiddiy xavf solmoqda.
Beşinçidan, xalqaro maydondagi va mintaqamizdagi ziddiyatlar, radikalizm, ekstremizm va terrorizm kabi xavf va tahdidlar xalqimiz tinçligi va osoyiştaligini köz qoraçiğiday asrab-avaylaş naqadar muhimligini körsatmoqda”, dedi davlat rahbari.










