“Ehtiyojmand aholi qatlamlarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş borasidagi işlarimizni yangi bosqiçga kötarişimiz zarur. Ehtiyojmand aholini ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam bilan ta'minlaş darajasi hozirgi 60 foizdan 100 foizga yetkaziladi. Ularning barçasi davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy yordam bilan ta'minlanadi.
Bazaviy pensiya hisoblaşda iş haqining çegaraviy miqdori hozirgi 10 barobardan 12 barobarga oşiriladi. Bu – 2 million nafar fuqaroning pensiyasi kamida 20 foizga köpayadi, degani.
Şu bilan birga, uy-joyga muhtoj fuqarolarga turar joylarni ijtimoiy ijaraga beriş tizimi joriy etiladi. Manzilli ijtimoiy himoya borasida imkoniyati çeklangan va nogironligi bölgan şaxslarning himoyasi va ularning jamiyatda öz örnini topişiga alohida e'tibor qaratamiz.
Hozirgi kunda işlaş imkoniyati bor 162 ming nogironligi bölgan şaxslarning atigi 13 foizi işlayapti. Kelgusi beş yilda ularning bandligini 3 barobar oşirişni közda tutuvçi kasbga öqitiş va iş bilan ta'minlaş Milliy dasturi işlab çiqilib, amalga oşiriladi. Şular qatorida, ehtiyojmand oilalarning qizlari uçun oliy ta'lim grantlari, har yili oşirib boriladi va 2026 yilda 6 mingga yetkaziladi”, dedi prezident.










