2021 yil 5 sentyabr kuni Samarqand şahrida joylaşgan Siyob dehqon bozorida savdo qiluvçi bir guruh sotuvçilar savdo joyi uçun talaşib özaro muştlaşgan edi. IIV axborot xizmatining xabar qilişiça, ularning xatti-harakatiga qonuniy baho berilgan.

Ma'lum qilinişiça, joriy yil 10 sentyabr kuni Siyob dehqon bozorida savdo qiluvçi bir guruh sotuvçilar savdo joyi uçun talaşib özaro muştlaşgani holati yuzasidan töplangan hujjatlar Jinoyat işlari böyiça Samarqand şahar sudida körib çiqilgan.

Sud qaroriga asosan, fuqarolar N.Nafisa hamda U.Nigora Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41-moddasi va 52-moddasining 2-qismida körsatilgan ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan. Ularga nisbatan bazaviy hisoblaş miqdorining 3 (uç) baravari miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Fuqarolar A.Nodirjon hamda I.Raveljon Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasida körsatilgan ma'muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan. Ularga nisbatan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Qayd etilişiça, voyaga yetmagan A.Diyorjonning harakatlarida Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasida körsatilgan huquqbuzarlik mavjud bölgan. Ammo A.Diyorjon javobgarlik yoşiga yetmagani sababli uning qonuniy vakili bölgan otasi N.Nurulloga nisbatan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Bayonnoma qonuniy qaror qabul qiliş uçun Samarqand şahar voyaga yetmaganlar böyiça idoralararo komissiyasiga yuborilgan.