13 sentabr soat 15:30 holatiga köra, Qoraqalpoğiston böyiça koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar soni 624 nafarni taşkil qilmoqda. Şundan 119 bemor statsionar şaroitda davolanmoqda.

Ularning içida:

  • 88 nafar bemor Şimoli-ğarbiy harbiy okrugda taşkil qilingan Nukus maxsus tibbiyot kompleksida;
  • 31 nafar bemor Beruniy tumanidagi «Pedagogika kolleji sport kompleksi»da davolanmoqda.

Qoraqalpoğiston SSVga köra, şulardan 39 nafar bemorning ahvoli oğir, 5 nafar bemor juda oğir ahvolda, 70 nafar bemorning ahvoli örtaça, 5 nafar bemorning ahvoli qanoatlanarli deya baholangan.

Qöşimça qilinişiça, bemorlar dori-darmon va 5 mahal issiq ovqat bilan ta'minlangan.

Şuningdek, 505 nafar bemor – koronavirusning yengil simptomlari bilan uy şaroitida hududiy poliklinikalar nazorati ostida davolanyapti.

Ma'lumot uçun, Qoraqalpoğistonda bugungaça 15 403 nafar bemor soğaygan. 13 sentabr kuni 14ta yangi kasallaniş holati qayd etilgan.

Eslatib ötamiz, Qoraqalpoğistonda avgust oyidagi koronavirus bilan boğliq körsatkiçlar deyarli 50 foizga kamaygan.