Ijtimoiy tarmoqlarda 4R-110 avtomobil yölining Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidan ötgan qismi ta'mirtalab ahvolga kelib qolgani tufayli aholi norozi bölayotgani va yölni tösib tirbandlik sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi. Tuman hokimligi axborot xizmati holat böyiça munosabat bildirdi.
Munosabatda ma'lum qilinişiça, bugun, 16 sentabr kuni Muzrabot tumani hokimi Erkin Alimov tuman IIB boşliği Ş.Narmuratov bilan birga davlat ahamiyatiga ega bölgan 4R-110 yölining Oriyat mahallasidan Mehnatobod va Yangiyer mahallalariga ötuvçi 73-74-kilometrlarida tirbandlik yuzaga kelgani böyiça mahalla aholisi bilan uçraşgan.
Uçraşuv jarayonida mutasaddilar fuqarolarga mazkur yöl davlat ahamiyatiga ega ekani, prezidentning Surxondaryoga taşrifi davomida ta'mirlaş dasturga tuşirilgani, 2020 yil 2 milliard 20 million söm mablağ moliyalaştirilgani, amalda esa işlar 500 mln söm ortiği bilan bajarilgani aytib ötilgan.
Qayd etilişiça, tuman hokimi aholi vakillariga mazkur yölda sentabr oyi içida asfalt yotqiziş işlari boşlanib, nihoyasiga yetkazilişini ma'lum qilgan. Ta'kidlanişiça, ayni vaqtda mahallada yöl oçilib transport qatnovi izga tuşgan.
Navoiyda ikki nafar firibgar tomonidan aldangan fuqarolar yölni tösib namoyiş ötkazdi
Jizzaxda yuk ortiş talablarini buzgan haydovçilar M39 xalqaro yölini yopib qöydi












