Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 14 sentabr kuni soat 17:00larda davlat ahamiyatiga ega bölgan 4R-46 Samarqand-Juma-Kattaqörğon avtomobil yölining Past Darğom tumani Beklar mahallasi hududidan ötgan 27-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Qayd etilişiça, Samarqand tumani Yangiobod qişloğida yaşovçi 1989 yilda tuğilgan Q.Ğ. öziga tegişli bölgan «ZIL MMZ» rusumli yuk maşinasi bilan Samarqand-Kattaqörğon yönalişi böylab harakatlanib ketayotgan vaqtda, Nurobod tumani Navröz mahallasida yaşovçi Samarqand ixtisoslaştirilgan san'at maktabining 10-sinf öquvçisi 2004 yilda tuğilgan E.A.ni urib yuborgan.

Oqibatda, 17 yoşli öquvçi oğir tan jarohatlari olib, şifoxonaga olib borişda yölda vafot etgan. Dastlabki suriştiruvda aniqlanişiça, öquvçi yölda harakatlanib ketayotgan «ZIL MMZ» rusumli yuk maşinasi harakatlanib ketayotganda özini uning ostiga taşlagan.

Ta'kidlanişiça, hozirda hodisa yuzasidan Past Darğom tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.