Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda to‘rtta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi
Foto: IIB YHXB axborot xizmati
Samarqandda to‘rtta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, bugun 14 sentabr kuni soat 12:30 larda Samarqand shahrining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida to‘rtta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. 2004 yilda tug‘ilgan S.M. Cobalt mashinasini Samarqand shahrining Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bo‘ylab Gagarin–Amir Temur chorrahasi tomonga boshqarib kelib, boshqaruvni yo‘qotgan. So‘ng Cobalt yo‘lning o‘ng tomon chetki qismida to‘xtab turgan Nexia, Nexia-2 hamda Matiz mashinalariga urilgan va ularga shikast yetkazgan.
Qayd etilishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida mashinalar oralig‘ida turgan I.S. tan jarohati olib Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Samarqand viloyati filialiga murojaat qilgan.
Ta'kidlanishicha, holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:06 / 07.04.2026
Chinozda YTH sodir qilib, odam o‘limiga sabab bo‘lgan YPX xodimi 7 yilga qamaldi
13:45 / 05.04.2026
Jizzaxda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
21:12 / 29.03.2026
Toshkentda birdaniga 8 ta avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi
11:08 / 04.03.2026