Amerikalik olimlar guruhi AQŞ soğliqni saqlaş vazirligi va Amerika nefrologlar jamiyatining hamkorlikdagi Kidney Project loyihasi doirasida sun'iy buyrak işlab çiqib, uni muvaffaqiyatli sinovdan ötkazdi. E'tiborlisi, yangi işlanmaga avvalgilaridan farqli ölaroq, taşqi quvvat manbai va nasos kerak bölmaydi - u organizmdagi qonning tabiiy harakatlanişida işlaydi.

Sun'iy buyrak qondan zaharli moddalarni yöqotuvçi kremniy gemofiltr va inson buyragi hujayralari bioreaktoridan taşkil topgan. 

Olimlar organizmning bioreaktordagi yot hujayralarga immun ta'siri muammosini ham hal qilişgan. Endilikda implant foydalanuvçilariga organizmning yot hujayralarga ta'sirini bostiriş uçun immunodepressantlar qabul qilişga töğri kelmaydi. Şuningdek, ularga qonni suyultiruvçi dorilar ham kerak bölmaydi. Yangi işlanmaning asosiy afzalligi şundaki, u nasossiz, faqatgina qonning tabiiy bosimida işlaydi, ya'ni unga nasosni işlatiş uçun talab etiladigan batareykalar va boşqa quvvat manbalari kerak emas. 

Yangi sun'iy buyrak surunkali buyrak yetişmovçiligiga ega odamlarning turmuş tarzini yaxşilaşi mumkin. Butun dunyoda uşbu kasallikdan 750 mlndan köproq odam aziyat çekadi va yiliga bir milliondan köproq odam vafot etadi. Hozirda bunday odamlar gemodializ jarayonidan ötiş uçun haftasiga 3 marta şifoxonaga borişlariga töğri keladi. 

Avvalroq ham olimlar sun'iy buyrak yaratiş ustida işlar olib borişgan, biroq har gal organizmning immun javobi, qurilmaning qulayligi va işonçliligi borasida köplab muammolar yuzaga kelgan.