— 2012-2013 yillarda “obnal” ommalaşgan edi. Bunga biznes sifatida qarab, aralaşib qolganmiz. Odamlardan plastik kartalarini olib qolib, 10-15 kunda 5-10 foiz evaziga naqdlaştirib berardim. Keyinçalik minusga kirib ketganman. Odamlarga pulini berolmay qolganman, qarzlarim 300 mln sömdan oşardi. Daromadimni töğri çamalamasdan, katta pulni işlatib yuborganman. Şundan keyin işni töxtatganman. Odamlarning pulini beriş uçun boşqalardan qarz oldim.

Özbekistonda işlarim yurişavermagaç, Rossiyaga işlaşga ketdim. Taksi haydadim, lekin özimdan orttirib uyga tayinli pul jönatolmadim. Kuniga 1700 rubl maşina ijarasiga berardim. Boşqa xarajatlar ham bor edi. Mayli, özimning uy-joyim bölmasin, lekin odamlarning pulini berib, özim halovatda bölay deb harakat qildim.

Keyin internetda buyrak donorligi haqida körib qoldim. Menda ham donorlik qiliş fikri tuğildi. Lekin Özbekistonda qonunan ruxsat yöq ekan. Çet davlatda şu işni qilişni rejaladim. Ijtimoiy tarmoqqa e’lon berdim. Toşkentdan bir kişi menga murojaat qildi. U odam bilan 10 ming dollarga kelişdik. Turkiyada operatsiya böldi. Operatsiyagaça ham özi pulning yarmini işlatib bölgandim.

Bemor bilan yaqin qarindoşmiz deb taniştirdik özimizni. Psixolog suhbatlaridan ötdik. U yerga borgunça bir-birimiz haqimizda ma’lumot almaşib tayyorgarlik kördik, komissiyadan ötiş uçun. Bir odamning tuzalişiga sababçi ham böldim bir tomondan. Öta qiyin jarayon ekan özi bu. Operatsiya muvaffaqiyatli ötgan.

Bu voqeaga 3 yil böldi, endi afsuslanaman bundan. Donor bölişni tavsiya qilmayman boşqalarga ham. Boşida 1 yil bilinmadi, lekin hozir soğlomman deyolmayman. Oğir iş qilolmayman, haddan taşqari ehtiyot böliş kerak. Doim xavotirda yuraman.

Qarzlarimdan ham töliq qutulolmadim. Köpçilik Rossiyadan pul topib keldi deb öylaşdi. Pullarning barini odamlarga bergaç, yana yöqçilik, tirikçilik ğami tuşdi. Özim oğir iş qilolmayman, juda tuşkunlikka tuşib qoldim şu vaziyatda, deb hikoya qiladi erkak.

— 2015 yilda turmuş qurganmiz. Töyimizdan keyin oilaviy munosabatlar yaxşi bölgan, faqat moliyaviy tomondan qiynalganmiz. Köpçilik kelardi pulini sörab. Eşik taqillasa, çöçiydigan bölib qolganmiz. Odamlar kelib janjal qilişardi.

Xöjayinim buyragini sotmoqçi ekani haqida menga aytgan, avval yöq, deganman. Operatsiyadan keyin ahvoli oğirlaşib qoladi deb qörqqanman. Heç narsa bölmaydi deb tuşuntirgaç, rozi bölganman men ham. Qarzlarning bir qismidan qutuldik şu bilan.