Singapur milliy yurak markazi (NHCS) Dyuk tibbiyot maktabi olimlari va nemis mutaxassislari dunyoda birinçi marta buyrak hujayralarini tiklaş mumkinligini körsatdi. Dastlabki tadqiqot natijalari Nature Communications jurnalida e’lon qilindi. 

Mualliflar öz tadqiqotida jigar, öpka va yurakda, şuningdek, ötkir va surunkali buyrak kasalliklarida çandiqlarni keltirib çiqaradigan interleykin-11 (IL-11) oqsiliga e’tibor qaratdilar. Olimlar bu oqsil buyraklar şikastlanganda molekulyar jarayonlar zanjirini qözğatib, yalliğlaniş, fibroz va organlar faoliyatining buzilişiga olib kelişini aniqladi. 

Biroq, bu jarayon IL-11 oqsiliga antitana kiritiş orqali bloklanganda, buyrak kanalçalari hujayralarining köpayişi (proliferatsiya) va tiklanişi, şuningdek, yalliğlanişning barham topişi yuz beradi, natijada, buyraklar yana soğlom holatga qaytadi. 

Olimlarning fikriça, ularning kaşfiyoti surunkali buyrak kasalliklarini davolaşning mavjud usullarini qayta körib çiqişga majbur qiladi.