Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ona qiziga buyragini berdi - BMTMda ilk bor kichik yoshli bolaga buyrak ko‘chirib o‘tkazildi
Bolalar milliy tibbiyot markazida 11 yoshli qizga onasining buyragi ko‘chirib o‘tkazilgan. Amaliyot qiz va onasida 6 soat davom etgan.
Foto: Videodan kadr
Toshkent shahridagi Bolalar milliy tibbiyot markazida ilk marta kichik bolaga buyrak transplantatsiyasi o‘tkazildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.
Operatsiya 12 iyulda o‘tkazilgan. Uni transplantolog Ahror Safarov amalga oshirgan. Ta’kidlanishicha, bemor ayni damda o‘zini yaxshi his qilyapti. Amaliyot qiz va onasida 3 soatdan davom etgan.
Shifokorning aytishicha, bunday amaliyotda donor buyragining o‘lchami muhim ahamiyatga ega. “Chunki bolalar kichkina, ularga buyrakni joylashtirish masalasida ham bosh qotirish kerak bo‘lgan jihatlar bor”, – deydi u.
Ma’lum bo‘lishicha, dastlabki olingan natijalar yomon emas. Shifokorlar ko‘chirib o‘tkazilgan buyrakning yashab ketish yilini oshirish ustida bosh qotirishyapti.
“Endi yana ham yoshroq, 3,5 yoshgacha bo‘lgan bolaga buyrak ko‘chirish uchun tayyorlanyapmiz. Unga otasi donor bo‘ladi”, – deydi shifokor.
Ma’lumot uchun: O‘zbekistonda 250ga yaqin bolalar buyrak ko‘chirish amaliyotga muhtoj bo‘lib qolyapti. Ungacha ular gemodializ muolajasini olib turishadi, bu muolaja to‘liq davlat tomonidan moliyalashtirilishi belgilangan.
Mavzuga oid
19:19 / 09.11.2025
“103” xizmatida “Online-shifokor” konsultatsiyalari tizimi joriy etiladi
14:41 / 27.10.2025
SSV bolalar orasida «g‘ayriodatiy» infeksiya tarqalayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi
15:45 / 10.10.2025
“2 nafar bola shifokorlar kuzatuvida qolmoqda” – SSV Forishdagi holat bo‘yicha bayonot berdi
11:29 / 27.09.2025