Uning sözlariga köra, aksiyadorlik jamiyatida noqonuniy elektr energiyasidan foydalanuvçilarni foş etuvçi guruhlar mavjud. Bu guruh Elektr energiyasini hisobga olişning avtomatlaştirilgan tizimi (EHOAT) orqali qayerda öğirlik bölayotgani, elektr tarmoğining qaysi qismida, qaysi podstansiyada, qaysi transformatorda katta yöqotişlar borligini körgaç, joyiga çiqadi va öşa yerdagi noqonuniy ulanişlarni aniqlaydi.
“Bu guruh aynan elektr tarmoğiga noqonuniy ulangan iste'molçilarni aniqlab, tegişli hujjatlarni rasmiylaştirgan holda ularga jarima qöllaş yoki qonunbuzarlarni ma'muriy javobgarlikka tortiş masalasi bilan şuğullanadi”, - dedi Jahongir Obidjonov.
Obidjonov guruhning şaffof işlaşini kim nazorat qiladi, degan savolga quyidagiça javob berdi.
“Tarmoqning biror joyida katta yöqotiş aniqlanganini faqatgina yuqoridagi guruh körib turmaydi, balki Elektr energiyasini hisobga olişning avtomatlaştirilgan tizimi bölimlari, dispetçerlar ham körib turadi. Har bir tumanda kiçik EHOAT data markazi qurilgan, viloyatda ham xuddi şunday markaz bor. Qolaversa, respublika Data markazining ma'lumotlarni qayta işlaş bölimi ham kuzatib boradi.
Agar guruh joyiga çiqqaç, elektr energiyasi bilan boğliq yöqotişlar barham topmasa, uşbu guruhga nisbatan çora köriladi. Şunga binoan, guruh borgaç, elektr energiyasini yetkazib beriş tarmoğida özgariş bölişi kerak”, - dedi Obidjonov.
U, şuningdek, sohadagi qarzdorliklarni yöqotiş va iste'molçilarni tölov intizomiga örgatiş hamda elektr energiyasi hisobini yuritişda şaffoflikni ta'minlaş maqsadida “aqlli” hisoblagiçlar barça iste'molçilarni qamrab olgani, endilikda, elektr energiyasi uçun tölovlar faqatgina mobil ilovalar yoki bank şoxobçasi orqali amalga oşirilişini, tölovlarni qabul qilişda inson omili bartaraf etilganini bildirdi.
“Aqlli” hisoblagiçlar joriy qilinmasdan avval, elektr tarmoqlari inspektorlari korxonalarga, iste'molçilarning uylariga borib, ularni bezovta qilardi. Şu raqamlaştiriş orqali inson omili degan narsa bartaraf etildi. Joylardagi korrupsiya hollarini yöqotiş maqsad qilingan edi va bunga erişildi. Endilikda, elektr tarmoqlari xodimlari tölovni şaxsan olmaydi, balki tölov mobil ilovalar hamda banklar orqali amalga oşiriladi.
Tizimda elektr energiyasini yetkazib berişda ham raqamli texnologiyalarni qöllaş loyihasi amalga oşirilmoqda. Bunda “aqlli” podstansiyalardan transformatorlarga bölgan qismlarda, ya'ni podstansiyaga kiriş-çiqişida, fiderlarda va taqsimlaş punktlarida ölçov uskunalari va hisoblagiçlar örnatilmoqda. Buning yordamida qayerda yuklamalar, yöqotişlar kattaligini yoki avariya holatlaridan öz vaqtida ma'lumot oliş mumkin böldi. Natijada aniqlangan kamçiliklarni zudlik bilan bartaraf çoralari köriladi”, - dedi Jahongir Obidjonov.











