17 sentyabrda Hindistonda 22 mlndan köproq kişi koronavirusga qarşi emlandi. Bu mamlakat uçun mutlaq rekord hisoblanadi. Ta'kidlanişiça, Hindiston fuqarolari mamlakat boş vaziri Narendra Modining 71 yoşga tölganini şunday nişonlaşga qaror qilişgan.
Hindistonda emlaniş böyiça avvalgi rekord 27 avgustda örnatilgan bölib, öşanda 13 mlndan köproq hindistonlik emlangan. Hindiston hukumati joriy yil oxirigaça mamlakatning barça katta yoşli aholisini emlaşni rejalaştirmoqda. Ayni vaqtda mamlakatda 787 mlndan köproq kişi koronavirusga qarşi emlangan.
Hindistonning moliyaviy markazi Mumbayda yaqinda ötkazilgan tadqiqot aholining 90 foizida koronavirusga qarşi antitanaçalar borligini körsatgan. Mumbay meriyasi tomonidan ötkazilgan tadqiqot davomida şaharda yaşovçi 9 mingga yaqin kişidan antitanaçalarga tahlil olingan. Ulardan 65 foizi bungaça emlangan bölgan. Antitanaçalar darajasi vaksinaning bir dozasini olgan kişilarda ham yuqori bölgan. Şu sababli tadqiqot mualliflari emlaş böyiça kampaniyani jadallaştirişga çaqirişgan.












