Oksford va Kembrij universitetlari ilk bor The Times gazetasi tuzgan reytingda yetakçilikdan mahrum böldi.
Gazetaning yozişiça, Buyuk Britaniya reytinglarida şu paytgaça heç bir oliy öquv yurti bu ikki universitetdan yuqori kötarila olmagandi. Kembrij sakkiz yil davomida Times reytingida birinçi örinni olgandi, ammo bu yil uçinçi öringa tuşib ketdi.
Naşr versiyasi böyiça Şotlandiyada joylaşgan Sent Endryus universiteti Buyuk Britaniyaning eng yaxşi universiteti deb topildi. Universitet 1413 yilda taşkil etilgan bölib, Şotlandiya qiroli Yakov II va Britaniya şahzodasi Uilyam mazkur oliy öquv yurti bitiruvçilari hisoblanadi.
Times London Imperiya kollejini «yil universiteti» deb topdi. Imperiya kolleji reytingda törtinçi örinni egalladi.












