Bu haqda MSKning bugun, 17 sentabr kuni ötkazilgan matbuot anjumanida eslatildi.

«2019 yilgaça nomzodlarning taşviqot materiallarini saylovga bir kun qolganda yiğib oliş majburiyati bor edi. Bu siyosiy partiyalar uçun ham, mahalliy davlat hokimiyati organlari uçun ham katta qiyinçilik tuğdirardi. Çunki taşviqot tadbirlari keçki payt tugaydi va ertasiga ovoz beriş boşlanişi kerak.

Dunyo amaliyotida bu kabi materiallar saylov kuni ham, u ötgaç ham turadi. Şuning uçun 2019 yildan boşlab bu amaliyotdan biz ham voz keçganmiz. Demak, siyosiy partiyalarda saylov oldidan plakatlarni yiğib oliş majburiyati yöq. Lekin saylovga bir kun qolganda qöşimça tarğibot materiallarini tarqatiş, ilib qöyiş taqiqlanadi.

Hozir saylovçilar saylov böyiça eng katta ma'lumotni qayerdan oladi? Ijtimoiy tarmoqlardan.

Mantiqan olsak, biz ijtimoiy tarmoqlardan ham barça materiallarni yiğib olişimiz kerak bölardi, lekin buning iloji yöq. Şu nuqtayi nazardan olganda, saylovoldi tarğibotlarning turişi qonunga zid emas», – deya Markaziy saylov komissiyasi kotibi Xudoyor Mamatov sözlarini keltirdi Kun.uz muxbiri.

Ma'lumot uçun, MSKning bugun ötkazilgan majlisi qarori bilan prezidentlikka nomzodlarning saylovoldi taşviqoti 2021 yil 20 sentyabrdan boşlanişi belgilandi.