Britaniyada oxirgi 1,5 oy içida gaz narxi yuqoriligi sababli 5 ta energetik kompaniya yopildi, yana 4 tasi yaqin orada bankrotga uçraganini e'lon qilişi mumkin.
Gaz narxi yil boşidan beri 3,5 marta, sentyabrda esa avgust oyiga nisbatan 70 foizga oşgan. Şu sababli kiçikroq energetik kompaniyalar öz mijozlariga xizmat körsatişdan boş tortmoqda.
Tahlilçilarning ma'lum qilişiça, 2021 yil boşida Britaniyada 70 ta energetik kompaniya işlagan bölsa, yil oxirigaça ularning soni 10 tagaça qisqarişi mumkin.
Ta'kidlanişiça, uşbu vaziyat hukumat vakillari aralaşuvini talab qilgan. Jumladan, Britaniya energetika vaziri Kvasi Kvarteng yuzaga kelgan vaziyat yuzasidan kompaniyalar hamda Gaz va elektr energiya bozorlari boşqarmasi (Ofgem) bilan 20 ga yaqin uçraşuv ötkazgan.
Avvalroq Yevropada gaz narxi oşişi bilan boğlangan energetik inqiroz AQŞning öğitlar işlab çiqaruvçi yirik kompaniyasi CF Industries’ni Britaniyadagi ikkita zavodini yopişga majbur qilgan. Bu esa oziq-ovqat mahsulotlari narxi oşişiga olib kelişi mumkin, çunki fermerlar sarf-xarajatlari köpayadi. Bloomberg axborot agentligining ta'kidlaşiça, gaz va elektr energiya narxining rekord darajada oşişi iqtisodiyot tiklanişini sekinlaştiradi va inflatsiya kuçayişiga olib keladi.












