“Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantiriş agentligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari töğrisidagi nizomlarni tasdiqlaş haqida”gi hukumat qarori qabul qilindi

“Saxovat” keksalar va nogironligi bölgan şaxslar uçun internat uylari töğrisidagi nizomga köra, mazkur internat uylariga:

  • parvariş qiliş şart bölgan 1-darajali qarindoşi yoki vasiylari bölmagan yolğiz keksalar;
  • 18 yoşidan boşlab I va II guruh nogironlar;
  • özgalar parvarişiga muhtoj yolğiz I guruh nogiron keksalar joylaştiriladi.

Quyidagilar “Saxovat” internat uylariga qabul qilişga qarşi körsatmalar hisoblanadi:

  • tutqanoq böladigan epilepsiya, muntazam tutqanoqlarga, epileptik maqomga, disforiyalarga moyillik;
  • ruhiy kasalliklar;
  • sil kasalligi;
  • yuqumli ter va soç kasalliklari;
  • ötkir yuqumli kasalliklar;
  • salbiy jarayondagi, yomon holatda ötadigan şiş kasalliklari va retsidivlari;
  • tanosil kasalliklari.

Quyidagi nizomlar tasdiqlandi:

  • “Muruvvat” nogironligi bölgan şaxslar uçun internat uylari töğrisida;
  • “Muruvvat” nogironligi bölgan bolalar uçun internat uylari töğrisida;
  • Keksalar va nogironligi bölgan şaxslar, uruş va mehnat faxriylari uçun sanatoriylar töğrisida;
  • Uruş va mehnat faxriylari uçun respublika pansionati töğrisida.