Twitter 2016 yilda kompaniyaga qarşi sudga da'vo arizasi bergan bir guruh aksiyadorlar bilan kelişuvga keldi. Kompaniya Twitter ijtimoiy tarmoğining ba'zi körsatkiçlari borasida sarmoyaçilarga notöğri axborot berganini ta'kidlagan aksiyadorlarga 809,5 mln dollar tölab berişga rozi bölgan.
Şu bilan birga, kompaniya qoidabuzarlikka yöl qöyganini tan olmasligini aytgan. Twitter pulni yilning 4-çoragida tölab bermoqçi.
Da'vo arizasida aaytilişiça, kompaniya aksiyadorlarga ijtimoiy tarmoqning bir qator, jumladan ikki muhim körsatkiçi – bir oylik faol foydalanuvçilari soni va foydalanuvçilarning umumiy soni haqida yangliştiruvçi ma'lumot bergan. Da'voçilarning fikriça, 2015 yilda kompaniya aksiyadorlardan uşbu körsatkiçlar sekinlaşganini yaşirgan, bu orada esa kompaniya top-menejyerlari, jumladan boş direktor Dik Kostolo öz aksiyalarini sotib, “yuzlab million dollar” foyda olgan.











