Irlandiya Mehnat munosabatlari komissiyasi (WRC) X ijtimoiy tarmoğiga (sobiq Twitter) mehnat munosabatlarini buzgan holda işdan böşatilgan sobiq xodim uçun yarim million yevrodan ortiq kompensatsiya tölaş majburiyatini qöydi. Bu komissiya faoliyatida qayd etilgan rekord darajadagi jarima, deb xabar beradi Irish Independent.

Işdan böşatilgan xodim Geri Runi 2013 yildan beri Twitter’da işlagan. 2022 yil oktyabrda milliarder Ilon Mask kompaniyani sotib olganida Runi Dublin ofisida ta’minot xizmatiga rahbarlik qilgan. Mask Twitter’ning barça xodimlariga kompaniyaning yangi konsepsiyasi yozilgan elektron maktublarni yöllagan. Milliarder xabar oxiriga havola qoldirgan bölib, «yangi Twitter’ning bir bölagi» bölişga rozi bölgan xodimlar u yerdagi «ha» tugmasini bosişi kerak bölgan. Qaror qabul qiliş uçun 24 soat muddat berilgan.

Geri Runi «ha» tugmasini bosmagan va uç kundan keyin elektron poçta orqali kompaniya «uning öz xohişi bilan işdan ketiş qarorini qabul qilişi» haqida xabar olgan. Şu ondan boşlab uning Twitter tizimlaridan foydalanişi çeklangan. Runi «işdan böşaş haqida ariza yozmagani» mehnat şartnomasini buziş böyiça heç qanaqa bitim olmagani va uni imzolamaganini» aytib boş ofisga murojaat qilgan. Keyin esa Mehnat munosabatlari komissiyasiga şikoyat kiritgan. Runining sözlariga köra, u yuborilgan maktubni feyk, spam yoki zararli dasturiy ta’minot deb öylagan va uni darhol oçmagan. Öqib körganida esa tezda qaror qabul qilişi qiyin keçgan.

WRC Geri Runi adolatsiz ravişda işdan böşatilgan deb hisobladi. Komissiya qarori bilan Twitter da’vogarga 2023 yil yanvardan 2024 mayga qadar işlab topişi mumkin bölgan 350 ming yevro, şuningdek, keyingi oylar davomida daromaddan ayrilgani uçun 200 ming yevro miqdorida kompensatsiya tölaşi kerak. X hozirça komissiya qaroriga heç qanday izoh bermadi.