Agar da’vo qondirilsa «Twitter.new» nomli yangi ijtimoiy tarmoq işga tuşişi mumkin. Loyiha eski Twitter’dagi jonli muhit va oçiq muloqotni qayta tiklaşni maqsad qilgan. Platformaning işçi prototipi allaqaçon mavjud.
Şu bilan birga, Ilon Maskka tegişli Grok sun’iy intellekti ham muhokamalar markazida. Ayrim foydalanuvçilar uni ma’lumot xavfsizligi nuqtai nazaridan şubhali deb hisoblamoqda.
Xulosa oddiy. Twitter brendi hali ham kuçli va unga qiziqiş katta. Ammo u kim qölida va qanday şaklda qaytişi hali oçiq masala.
Texnologiyalar tez özgarayotgan bugungi kunda eng sönggi yangiliklardan xabardor böliş muhim. Raqamli dunyoda adaşib qolmaslik va şunday yangiliklarni birinçilardan biliş uçun KUN.UZ Texnologiya Telegram-sahifasini kuzatib boring.








