Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Çilonzor hamda Yakkasaroy tumani bölimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda kuçli ta'sir etuvçi dori vositalarini sotayotgan şaxslar uşlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti ma'lum qildi.

Boş prokuratura huzuridagi Departamentning Çilonzor tumani bölimi hamda IIV Toşkent şahar boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda, «Y.P.» MÇJ norasmiy sotuvçilari O.L. va M.Z. 2 dona «Regapen» nomli dori vositasini xaridorga 40 ming sömga sotgan vaqtida uşlandi. MÇJga qaraşli dorixonadan tegişli hujjatlari bölmagan 140 dona «Regapen», 94 dona «Zardeks», 99 dona «Selofen» va 10 dona «Tropikamid» nomli kuçli ta'sir qiluvçi dori vositalari aşyoviy dalil sifatida olingan.

Şuningdek, Departament hamda DXXning Yakkasaroy tumani bölimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda, «Y.P.» MÇJ dorixona norasmiy sotuvçisi F.X. 28 dona «Regapen» hamda 4 dona «Tropikamid» nomli dori vositasini xaridorga jami 1 million sömga sotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuçli ta'sir qiluvçi moddalar mavjud bölgan dori vositalarini retsept böyiça çakana realizatsiya qiliş tartibini buziş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.