Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona qömitasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda kontrafakt dori vositalari savdosi bilan şuğullangan şaxslar faoliyatiga çek qöyildi.
Ma’lum qilinişiça, poytaxtning Yangihayot tumanida yaşovçi 1963 yilda tuğilgan fuqaro hamda uning ikki nafar farzandiga tegişli Toşkent şahri va Toşkent viloyatida joylaşgan uçta xonadon közdan keçirilgan.
Tekşiruvlar natijasida uşbu manzillardan «Buserelin», «Volini», «Bikana», «Tirzetta» va boşqa nomdagi jami 29 turdagi 1330 quti kontrafakt dori vositalari aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylaştirildi.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, musodara qilingan dori vositalarining umumiy qiymati taxminan 600 million sömni taşkil etadi.
Tergovga qadar suriştiruv jarayonida uşbu şaxslar dori vositalarini Rossiyadan yölovçilar orqali kiçik partiyalarda temir yöl va havo transporti yordamida noqonuniy ravişda olib kelib, Toşkent şahrida sotiş bilan şuğullangani aniqlangan.
Hozirda aniqlangan dori vositalari yuzasidan ekspertiza tayinlangan bölib, suriştiruv işlari davom etmoqda.












