Bosfor böğozida Rossiya va Turkiya yuk kemalari töqnaşuvi sodir böldi, deb xabar berdi Anadolu agentligi.
Xabarda aytilişiça, töqnaşuv Bursa viloyatidan Rossiyaga yölga çiqqan uzunligi 128 metrli «Rusiç-10» va Kojaeli viloyatidan Qora dengizga yöl olgan uzunligi 90 metrli Tahsin İmamoğlu kemalari örtasida sodir bölgan.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, töqnaşuv oqibatida jarohatlangan va halok bölganlar yöq, faqat kemalarga zarar yetgan.
Voqea joyiga uçta kater va 14ta şatakçi kema jönatilgan.












