Milliy Olimpiya Qömitasida Özbekiston futbol assotsiatsiyasining hisobot-saylov kongressi ötkazildi. Unda kutilganidek şov-şuvli intriga bölmadi va asosiy rahbarlar öz vazifasiga qayta saylandi. Özbek futbolining keyingi yillardagi rivojlaniş yölini ham Abdusalom Azizov va Ravşan Ermatov belgilab beradigan böldi.
Abdusalom Azizov ÖFAning oldida turgan rejalari haqida gapirar ekan avvalo bolalar, ayollar futboliga e'tibor qaratiş muhimligini aytdi. Taşkilot oldida turgan konkret vazifa nihoyat jahon çempionatiga çiqiş va olimpiya futbol jamoasi bilan Parij olimpiadasiga yöllanma oliş ekani aytildi.
Şuningdek, ÖFA ijroiya qömitasiga ham 9 nomzod tasdiqlandi. Ovoz beriş jarayonida qatnaşganlar barçasi jarayonda bir ovozdan «ha» sözi yozilgan qoğozlarni kötarib turişdi.




















