Ijtimoiy tarmoqlarda Kitob tumanidagi «Surum» MFYda joylaşgan 85-umumiy örta ta'lim maktabi öqituvçisi tomonidan maktab ta'miri uçun öqituvçilar va ota-onalardan noqonuniy pul yiğilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat böyiça tuman hokimligi axborot xizmati munosabat bildirdi.

Munosabatda yozilişiça, joriy yil 26 sentabr kuni 85-maktabda Qonunçilik palatasi deputati Q.Ergaşev, Kitob tumani hokimi A.Zokirov, tuman XTB mudiri A.Avlayev, maktab jamoasi, ota-onalar kuzatuv kengaşi, qişloq nuroniylari va erkin blogerlar iştirokida yiğiliş bölib ötgan. Unda haqiqiy holat bilan tanişiş maqsadida tomonlar fikrlari, jumladan murojaat qilgan öqituvçining ham fikrlari tinglangan.

Suhbat davomida maktab ta'miri uçun öqituvçilar va ota-onalardan heç qanday majburiy pul yiğilmagani, maktab ma'muriyati va tuman XTBning murojaatçiga umuman adovati yöqligi ma'lum qilingan. Yiğiliş söngida qişloq oqsoqollari, maktab jamoasi ham söz olib, ijtimoiy tarmoqlarda xabar qoldirgan öqituvçining qilgan işidan qattiq noroziligini bildirib ötişgan.

Şundan söng, bundan buyon öqituvçi biror masalani ijtimoiy tarmoqqa olib çiqiş uçun avval tuman hokimligiga murojaat qilişi, agar şunda ham uning masalasi e'tiborsiz qoldirilsa, şundagina ommaga olib çiqişi bildirib ötilgan.