Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda majburiy mehnatga yo‘l qo‘ygan maktab direktori 21,6 mln so‘m jarimaga tortildi
Ijtimoiy tarmoqda Qarshi shahridagi maktablardan birida o‘qituvchilar maktab direktori tomonidan majburiy mehnatga jalb qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur xabar Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganilgan.
Ma'lum qilinishicha, o‘rganish davomida Qarshi shahrida joylashgan 31-umumiy o‘rta ta'lim maktabi direktori tomonidan maktab o‘qituvchilari obodonlashtirish ishlariga jalb etilgani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan maktab direktoriga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 80 barobari (21,6 million so‘m) miqdorida ma'muriy jarima qo‘llangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qarshi tumanida joylashgan 6-maktab direktori o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgani uchun ishdan bo‘shatilgandi.
Mavzuga oid
09:35 / 08.07.2026
Qashqadaryoda davlat mehnat huquq inspektori firibgarlikda ushlandi
23:02 / 03.07.2026
“O‘lganning ustiga tepgan”: Qashqadaryoda o‘nlab fuqaroning kreditga olingan mashinalari g‘oyib bo‘ldi
10:45 / 17.06.2026
Muddati o‘tgan mahsulotlarni sotganlik uchun jarimalar oshirilishi mumkin
22:01 / 13.06.2026