Çeçeniston Respublikasi rahbari Ramzon Qodirov Rossiyada 17-19 sentyabrda ötgan umumiy saylovlar natijalariga köra saylovçilarning 99,7 foiz ovozini töplab, öziga xos jahon rekordi örnatdi. Bu haqda rekordlarni qayd qiliş xalqaro agentligi “Interrekord” ma'lum qildi.

Agentlik ma'lumotlariga köra, Qodirov Çeçeniston rahbari saylovlarida foiz uluşida dunyo siyosatçilari orasida eng köp ovoz töplagan. Saylovlarda davomat 94,42 foizni taşkil qilgan. Qodirov nomzodini respublikaning 711 973 fuqarosi qöllab-quvvatlagan. Qolgan nomzodlar – Xalid Nakayev va Isa Xajimuradovga mos ravişda 0,12 va 0,15 foiz ovoz berilgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin saylovlar natijalariga izoh berib, raqamlar mubolağadek tuyulişi mumkinligini, biroq respublikada qilingan işlarga nazar solinsa, saylovçilarning Qodirovni bunday qöllab-quvvatlaşi tuşunarli bölişini aytgan.

44 yoşli Ramzon Qodirov Rossiya regionlari rahbarlari orasida öz lavozimini eng uzoq vaqt egallab kelayotgan siyosatçi hisoblanadi. U öz lavozimini 2007 yilda 30 yoşida egallagan va şundan beri respublikaga rahbarlik qilib keladi.