Telegram asosçisi Pavel Durov dunyodagi söz erkinligi, Apple va Google kabi texnologik kompaniyalarning platformaga ta'siri haqida fikr bildirdi.
«Telegram öz foydalanuvçilariga boşqa mobil ilovalarga qaraganda köproq söz erkinligini beradi. Platformada aksiyadorlar yoki reklama beruvçilar tomonidan asossiz senzura orqali bosim ötkaziş mavjud emas.
Ammo Telegram yakka özi ham faoliyat yurita olmaydi. Bu banklar va telekommunikatsiyalardan tortib Apple va Google’gaça bölgan boşqa kompaniyalarga ham boğliq. Telegram ham boşqa mobil ilovalar singari, iOS va Android foydalanuvçilariga oçiq qolişi uçun Apple va Google tomonidan örnatilgan qoidalarga amal qilişi kerak.
Joriy yilda Google va Apple Telegram kabi ilovalardan ular faoliyat körsatayotgan mamlakatlarning mahalliy qonunlariga rioya qilişni talab qila boşladilar. Ba'zi qonunlar (masalan, kuzatuv qonunlari) inson huquqlariga mos kelmaydi.
Tariximiz bilan taniş bölgan har bir kişi yaxşi biladiki, Telegram hukumatlar bilan kuraşa oladigan va kuraşgan birinçi ilova. Biz buni Hongkongdan Belarusgaça bölgan köplab avtoritar mamlakatlarda bir neça bor isbotladik. Biz xizmatimizni yillar davomida blokirovka qilişga urinişlarga qarşi tura oldik. Ammo bizning faoliyatimiz ikkita sababga köra töliq ravişda özimizga boğliq emas.
Birinçidan, Apple va Google’ning qöllovisiz mahalliy regulyatorlar bilan böladigan har qanday kuraşda mağlub böliş deyarli aniq. Platformani ilovalar dökonidan olib taşlaşsa, foydalanuvçilarda uni örnatiş va yangi versiyasini olişda muammolar paydo böla boşlaydi. Öz saytimizdan yuklab olişlarni çeklaş uçun esa bir neça daqiqaning özi yetarli. Apple va Google ilovalar uçun bildirişnomalarni öçirib qöygandan söng, hatto mavjud foydalanuvçilar ham Telegram’ga kiriş huquqidan mahrum bölişadi.
Ikkinçidan, Rossiya rasmiylarining saylovoldi talabi konstitutsiyaga zid bölmasligi mumkin, çunki ular odamlar ovoz berişni boşlaganidan keyin saylovoldi taşviqotini çeklaydigan qonunga işora qildi. Ovoz beriş paytida siyosiy kampaniyaga qarşi qonunlar köplab mamlakatlarda mavjud va Rossiyada ham bu ança oldin kiritilgan. Agar bizga Yevropaning biron-bir davlatidan xuddi şunday talab kelganida, biz uni bajargan bölardik. Aksinça, Rossiya yoki mamlakatdagi siyosiy holat öxşaş boşqa mamlakat inson huquqlarini aniq buzadigan narsani talab qilsa, biz öz qadriyatlarimizga putur etkazişdan köra, öşa mamlakatda Telegram’ning töğridan töğri taqiqlanişini afzal köramiz.
Bu kabi holat oldin ham bölgan. Eron muxolifatni axborot tarqatiş platformasidan mahrum qilişni talab qilganida, Telegram 40 million foydalanuvçini emas, balki blokirovkani afzal kördi. 2018 yilda ham Rossiya hukumatining blokirovka qiliş xavfi ostida şifrni oşkor qiliş talablariga javoban şunga öxşaş qaror qilgandik.
Men uçun yuz millionlab Telegram foydalanuvçilarining manfaatlari har doim har qanday siyosiy kuç manfaatlaridan köra muhimroq bölgan. Telegram erkinlik va soğlom fikrni himoya qiladigan platformadir. Ayniqsa, Rossiyada söz erkinligini himoya qiliş uçun bizdan köproq harakat qiladigan boşqa platforma yöq. Birgina şu yilning özida odamlarga norozilik namoyişlarini uyuştirişga undovçi kanallarni çeklaşdan boş tortganimiz uçun Rossiya hukumati 35 million rubl jarimaga tortdi.
Ba'zilar Telegram 100 foiz har kimdan mustaqil bölişini va Apple, Google va barça mamlakatlar qonunlarini e'tiborsiz qoldirişni xohlaşadi. Men ham buni iloji bölişini xohlardim, lekin hammasi boşqaça. Men jamoatçilikni Apple/Google duopoliyasi söz erkinligi uçun xavf tuğdirişi haqida köp marta ogohlantirganman. Avval ham yozganimdek, butun dunyoda geosiyosiy ta'sirlar natijasida senzura kuçaytirilmoqda.
Afsuski, hozirda heç qanday mobil ilova har qanday çeklovlardan mutlaq xoli bölgan erkinlikni ta'minlay olmaydi. Biz sizga dunyodagi eng yaxşi axborot almaşiş dasturini taqdim etamiz va bu sizning erkinliklaringizni himoya qiliş uçun boşqalariga qaraganda köproq imkoniyatlarni öz içiga oladi», – dedi Durov.












