Qoçqinlar ingliz tilida “Ozodlik!” deb hayqirişgan va tartibsizliklar uyuştirişgan. Lager rahbariyati politsiyani çaqirtirişiga töğri kelgan.

Dam oliş kunlari yuz bergan tartibsizliklar davomida 21 kişi yöqolib qolgan, ulardan 13 nafari hamon qidirilmoqda.

“Bizni harbiy asirlar deb hisoblaşmoqda. Bu bizning uşbu yerdan qoçmoqçi bölayotganimizning asosiy sababi hisoblanadi. Har kun oramizdan kimdir qoçişga urinadi”, deb aytgan lagerda yaşayotgan iroqlik qoçqin Sangara Blbaza.

“Bizning qoçqinlar qoçiş uçun bunday namoyişlar, sabotaj, e'tiborni çalğitiş usullarini qöllaşidan xabarimiz bor. Bu yölga qöyilgan tizimdir. Bu qoçişning eng yaxşi usullaridan biri”, deb aytgan Litva içki işlar vazirligining jamoat tartibini saqlaş xizmati boşliği Riçardas Potsyus.

Ta'kidlanişiça, qoçqinlar lager şaroitlaridan şikoyat qilişmoqda va u yerda baloğatga yetmagan bola oğir kasallikdan vafot etgaç, öz soğliqlaridan xavotirlanişmoqda. Yana bir nogiron bola şifoxonaga olib ketilgan. Hammasi bölib markazga oğir kasalliklarga ega 20 migrant keltirilgan.

“Biz lagerdagi odamlarga yordam beriş uçun har bir hodisaga javob bermoqdamiz, zarur yordam va maslahatlar bermoqyapmiz. Biroq hozirgi vaziyat şundayki, bu odamlarda tibbiy suğurta yöq”, deb aytgan markaz direktori Beatriçe Bernotene.

Avvalroq Latviya, Litva va Polşa Belarus bilan çegarada noqonuniy migratsiya muammosiga duç kelganini ma'lum qilgan.

27 sentyabrda Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Belarus va Yevropa Ittifoqi çegarasida migrantlar bilan yuzaga kelgan vaziyatni gumanitar falokat deb atagan.