Litvada ehtimoliy dron sababli havo trevogasi eʼlon qilindi, deb xabar berdi LRT. Vilnyus aeroportida parvozlar vaqtinça töxtatildi.

Xabarga köra, havo trevogasi Vilnyus, Trakay, Elektren tumanlari hamda Vilnyus şahrida eʼlon qilingan. Litva armiyasi aholini xavfsiz boşpanalarni oldindan aniqlaşga çaqirgan.

NATO qiruvçi samolyotlari havoga kötarilgan. 

Vilnyus xalqaro aeroporti Litva poytaxtidan 6-7 km uzoqlikda joylaşgan bölib, mamlakatning asosiy havo tuguni hisoblanadi.

Keyinroq LRT trevoga bekor qilinganini, Vilnyus aeroporti işi tiklanganini maʼlum qildi.