Fransiya prezidenti Emmanyuel Makronga Liondagi xalqaro körgazmaga taşrifi vaqtida tuxum uloqtirgan 19 yoşli yigit ruhiy kasalliklar şifoxonasiga jönatildi.

Lion prokuraturasi talaba ruhiy ekspertizadan ötişi kerakligini talab qilgan. Ekspertiza natijasida yigitning ruhiy kasalliklar şifoxonasida davolanişi kerakligi aniqlangan. U Brondagi Vinatier şifoxonasiga jönatilgan.

27 sentyabrda Makronga Liondagi mehmondöstlik va umumiy ovqatlaniş sohasidagi Eurexpo xalqaro körgazmasiga taşrifi vaqtida tuxum uloqtirildi. Tuxumni otgan yigit öşa ondayoq qölga olingan. Unga “davlat hokimiyatini amalga oşiruvçi şaxsga nisbatan zöravonlik qöllaş” ayblovi qöyilgan.

Iyulda 28 yoşli Damiyen Tarel Makron Drom departamentida aholi bilan muloqot qilayotgan vaqtda uning yuziga tarsaki tuşirgandi. Keyinroq erkak “hokimiyat vakiliga” hujum qilişda aybdor deb topilib, 4 oylik qamoq jazosiga mahkum qilingan.