Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko bilan telefon orqali qilgan muloqotida uni Minskning Ukraina nizosida iştirok etişiga yöl qöymaslikka çaqirdi. Bu haqda Agence France Presse xabar berdi.

"Fransiya prezidenti Belarus Ukrainadagi uruşga qöşilgan taqdirda duç kelişi mumkin bölgan xavflar haqida ogohlantirdi. U şuningdek, Lukaşenkoni Belarus va Yevropa orasidagi munosabatlarni yaxşilaş uçun zarur qadamlar taşlaşga çaqirdi", - deya iqtibos keltirdi agentlik öz manbasiga tayanib.

Avvalroq "Pul pervogo" Telegram-kanali ikki davlat yetakçilari telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar bergandi. Ta’kidlanişiça, suhbat Fransiya tomonining taşabbusi bilan ötkazilgan.

Lukaşenko va Makron oxirgi marta 2022 yil 26 fevralda telefon orqali muloqot qilgandi.