Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron AQŞ prezidenti Donald Tramp ilgari surgan boj joriy etiş tahdidi amalga oşadigan bölsa, Yevroittifoqning majburlaşga qarşi kuraşiş (ACI) vositasini işga solişni taklif etmoqda. Bu haqda Le Figaro va AFP xabar berdi.
«AQŞ tomonidan savdo munosabatlariga nisbatan tahdidlar Yevroittifoq va AQŞ örtasida ötgan yili tuzilgan bojlar töğrisidagi kelişuvni şubha ostiga qöymoqda», — deb yozadi Le Figaro Makronning yaqin hamkori sözlariga tayanib.
AFP agentligining xabariga köra, Fransiya prezidenti «kun davomida yevropalik hamkorlari bilan muloqotda bölgan».
2023 yil oxirida kuçga kirgan Majburlaşga qarşi kuraşiş vositasi (Anti-Coercion Instrument, ACI) Yevropa mamlakatlariga iqtisodiy javob çoralari uçun kengaytirilgan vakolatlarni taqdim etadi.
Unga köra, texnologiya korporatsiyalariga nisbatan qöşimça soliq va yiğimlar joriy etiş, investitsiyalarni çeklaş, Yevroittifoq bozoriga kirişni çeklaş yoki yopiş, kompaniyalarning tenderlarda qatnaşişini taqiqlaş imkonini beradi.
Avvalroq Donald Tramp Yevropaning sakkiz mamlakatiga nisbatan 10 foizlik boj joriy etilişini e’lon qilgandi.











