Britaniyadagi Igloo Energy Supply Ltd., Enstroga Ltd. va Symbio Energy Ltd. gaz va elektr ta'minotçilari Yevropada gaz narxi rekord darajada qimmatlaşgani sababli mijozlarga xizmat qilişni töxtatişini e'lon qildi.
Igloo 179 ming, Symbio - 38 ming, Enstroga esa 6 ming uy xöjaligiga xizmat körsatardi. Endilikda 233 mingta xöjalik avtomatik tarzda boşqa ta'minotçiga ötkazildi.
Igloo bayonotida aytilişiça, öta yuqori narxlar bilan boğliq hozirgi vaziyatni heç kim kutmagandi.
Narxlar ösişi boşlanganidan buyon Britaniyadagi 1,77 mln xöjalikka gaz va elektr yetkazib beruvçi kompaniyalar bozorni tark etdi. Yana 7 mln uy xöjaligi yetkazuvçisiz qolişi mumkin.
30 sentyabr kuni ICE Futures birjasida ming kub metr gazning noyabr uçun fyuçers narxi 1102 dollarni taşkil etdi.
Avvalroq Buyuk Britaniyada yonilği inqirozi kelib çiqqani xabar qilingandi.










