Futzal böyiça jahon çempionatida ikkinçi finalçi nomi ham ma'lum böldi. 

Qozoğiston va Portugaliya milliy jamoalari örtasidagi öyin murosasiz tarzda keçdi. Asosiy vaqtning sönggi daqiqasida qozoğistonliklar hisobni tenglaştirişdi. Qöşimça bölimlarda jamoalar yana bittadan gol urişdi. Penaltilar seriyasida esa Portugaliya ğalabani ilib ketib, öz tarixida ilk bor mundial finaliga yöl oldi.

3 oktabr kuni bölib ötadigan hal qiluvçi öyinda portugallar amaldagi çempion Argentina bilan töqnaş keladi. Qozoğiston va Braziliya esa 3-örin uçun bahs yuritişadi.

Futzal böyiça JÇ. Yarimfinal

Portugaliya — Qozoğiston 2:2
Penaltilar seriyasi — 4:3.
30 sentabr. Litva
Gollar: Varela (23), Bruno (49) — Nurgojin (40), Junior (42).