Indoneziyada futzal böyiça Osiyo Kubogi davom etmoqda.
Özbekiston milliy jamoasi çorakfinalda Eron bilan öynadi va 4:7 hisobida yutqazib, musobaqani tark etdi.
Yarimfinalda Iroq va Eron, Yaponiya va Indoneziya milliy jamoalari kuç sinaşadi.
Futzal böyiça Osiyo Kubogi 1999 yildan buyon ötkazilmoqda. Unda faqat ikki milliy jamoa ğolib bölgan – Eron (13 marta) va Yaponiya (4 marta). Özbekiston futzalçilari 4 marta kumuş va 6 marta bronza medallarini qölga kiritgan.
Futzal böyiça Osiyo Kubogi
3 fevral, Jakarta (Indoneziya)
Çorakfinal
ÖZBeKISTON – ERON 4:7
Gollar: Ixtiyor Ropiyev (1 pen), Elbek Tölqinov (5), Sunnatilla Jörayev (26), Muzaffar Ahadjonov (33) – Muslim Oladğobad (6), Said Abbosiy (9), Muhammadhusayn Deraxşaniy (12), Husayn Sabziy (18, 39), Husayn Toyibidquliy (25 pen), Behruz Azimihimmatobodiy (31)
Özbekiston: Abbos Elmurodov, Ixtiyor Ropiyev, Ilhom Hamroyev, Akbar Usmonov, Şahram Faxriddinov.
Zaxira: Şavkat Ibrohimov, Anasxon Rahmatov, Abror Ahmedziyanov, Sunnatilla Jörayev, Xayrullo Solihov, Elbek Tölqinov, Muzaffar Ahadjonov, Eldor Niğmatov, Samariddin Berkinov.
Eron: Baqir Muhammadiy, Muhammadhusayn Deraxşaniy, Mahdiy Karimiy, Salar Oğapur, Behruz Azimihimmatobodiy.
Ogohlantirişlar: Anasxon Rahmatov (3), Ilhlom Hamroyev (24), Sunnatilla Jörayev (39)
Çetlatiş: Abbos Elmurodov (31).












