Ispaniyalik taniqli mutaxassis Xose Mariya Mendes Özbekiston futzal milliy jamoasining yangi boş murabbiyi etib tayinlandi, u bilan 2 yillik şartnoma imzolandi, deb xabar berdi Özbekiston futzal federatsiyasi.
Mendes muqaddam ikki bor Özbekiston milliy jamoasini boşqargan: dastlab 2011–2012 yillarda, söng 2014–2017 yillarda. Uning rahbarligi ostida milliy jamoa 2016 yilgi Osiyo çempionatida kumuş medalni qölga kiritgan.
52 yoşli Xose Mariya Pazos Mendes — Pulpis 1974 yilda Ispaniyaning Lugo şahrida tuğilgan. Murabbiylik faoliyatini 1996 yilda boşlagan va “Lugo”, “Melilya”, “Kafe Kandelas Lugo”, “Valensiya”, Xorvatiyaning “Orkan”, şuningdek, “Barsel” klublarida işlagan.
2008–2009 yillarda Tailand, 2010 yilda Vetnam milliy jamoasini boşqargan. Şundan söng, uning Özbekiston bilan boğliq faoliyati boşlandi. Milliy jamoadan taşqari, 2016–2017 yillarda mamlakat çempioni “Ardus” klubida ham faoliyat yuritdi.
2019–2026 yillar davomida u Tailandda faoliyat olib bordi. 2023 yil qisqa muddat Xitoyning "Şenjyen" jamoasini boşqardi. Murabbiy sifatida ikki karra Osiyo kubogi vitse-çempioni, şuningdek, klublar örtasidagi Osiyo çempionati hamda Osiyo kubok egalari kubogi ğolibi bölgan.











