Indoneziyada futzal böyiça Osiyo Kubogi davom etmoqda.
Özbekiston milliy jamoasi C guruhi 2-turida Avstraliya bilan öynadi va 0:2 hisobida yutqazayotgan bölişiga qaramay, yakunda 4:2 hisobida ğalaba qozondi. Guruhning yana bir öyinida Yaponiya futzalçilari Tojikistonni 3:0 hisobida mağlub etdi.
Bu natijalardan söng, Yaponiya 6 oçko jamğarib, guruhdan çiqiş masalasini hal qildi. Özbekiston hisobida 4, Tojikistonda 1 oçko bor. Avstraliya – oçkosiz.
Yakuniy tur 1 fevral kuni bölib ötadi va Özbekiston – Yaponiya, Tojikiston – Avstraliya öyinlari ötkaziladi. Özbekistonni durang natija ham qoniqtiradi.
Osiyo Kubogida 16 ta milliy jamoa 4 ta guruhga ajratilgan holda iştirok etmoqda. Guruhlarda 1- va 2-örinni egallagan jamoalar pley-off bosqiçiga çiqadi. Uşbu Osiyo Kubogida futzal böyiça jahon çempionati yöllanmalari öynalmaydi.
Futzal böyiça Osiyo Kubogi 1999 yildan buyon ötkazilmoqda. Unda faqat ikki milliy jamoa ğolib bölgan – Eron (13 marta) va Yaponiya (4 marta). Özbekiston futzalçilari 4 marta kumuş va 6 marta bronza medallarini qölga kiritgan.
Futzal böyiça Osiyo Kubogi
30 yanvar, Jakarta (Indoneziya)
S guruhi, 2-tur
ÖZBeKISTON – AVSTRALIYa 4:2
Gollar: Anasxon Rahmatov 9, Ixtiyor Ropiyev 11, Ilhom Hamroyev 19, Muzaffar Ahadjonov 37 – Jiden Harb 7, 8
Özbekiston (dastlabki beşlik): Abbos Elmurodov, Ixtiyor Ropiyev, Ilhom Hamroyev, Elbek Tölqinov, Şahram Faxriddinov.
Zaxira: Şavkat Ibragimov, Anasxon Rahmatov, Abror Ahmedzyanov, Sunatulla Jörayev, Akbar Usmonov, Xayrullo Solihov, Muzaffar Ahadjonov, Eldor Nigmatov, Samariddin Berkinov.
Avstraliya (dastlabki beşlik): Noa Feiliç, Dominik Koks, Vade Jiovenali, Grant Linç, Itan De Melo.
Zaxira: Aaron Yu, Tiler Garner, Sezar Kasado Rubio, Jordan Gerreyro, Skott Rogan, Adam Styuart Kuper, Jiden Harb, Maykl Kuta, Jyeymi Dib
Futzal, Osiyo Kubogi, Özbekiston futzal milliy jamoasi











