Qayd etilişiça, 30 sentyabr kuni soat taxminan 23:00larda Çilonzor tumani Bunyodkor şohköçasida Toşkent şahar IIBB YHXB YPX xodimlari xizmat davomida köplab tölanmagan jarimalari tufayli qidiruvda bölgan «Neksiya-2» avtomobilini körib qolib, unga jyezl va huştak yordamida töxtaş haqida işora bergan. Haydovçi, 1997 yilda Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan T.Ç. (şaxsi keyinroq aniqlangan) xodimning qonuniy talabiga böysunmasdan harakatni davom ettirgan.

Holat haqida ma'lumot ratsiya orqali boşqa xodimlarga yetkazilgan. Şu bilan birga, Toşkent şahar IIBB YHXB YPX 4-bataloni 2-mobil guruhi komandiri, mayor Rustam Ismoilov va YPX inspektori katta serjant Otabek Ismoilovlar «Lasetti» xizmat avtomobilida qoidabuzar ortidan yölga çiqqan. Haydovçi YPX inspektorining töxtaş haqidagi işorasiga böysunmasdan harakatni davom ettirgani sababli uni majburan töxtatişga qaror qilingan.

“Bunyodkor va Qatortol köçalari kesişmasida xodimlar sa'y-harakatlari bilan «Neksiya-2» avtomobili majburan töxtatilgan. IIO xodimi avtomobilidan çiqişini kutgan T.Ç. yana harakatni boşlab, mayor R.Ismoilovni urib yuborgan va yöl harakati qoidalarini buzib, piyoda va boşqa transportlar uçun xavf tuğdirgan. Tez orada Toşkent şahar IIBB xodimlari qoidabuzar haydovçini töxtatdi va boşqa oğirroq yöl-transport hodisasining oldi olindi”, deyiladi ma'lumotda.

Qayd etilişiça, töxtatilgan avtomobilning yölovçilari bölgan bir neça ayollar çiqib, YPX inspektorlari bilan janjal kötargan.

Haydovçi, 24 yoşli T.Ç. va uning yölovçilari – Qaşqadaryo viloyatida tuğilgan 21 yoşli Ş.Ç., 39 yoşli R.M., 44 yoşli B.M. va 45 yoşli B.M. Çilonzor tumani IIIO FMBga yetkazilgan.

Mazkur holat böyiça tergovga qadar tekşiruv ötkazilmoqda, natijalari böyiça qonuniy çora köriladi, deyiladi xabarda.