Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tovar va xizmatlar 1,1 foizga qimmatlashdi
2021 yilning sentyabr oyida iste'mol bozoridagi tovarlar va xizmatlarning iste'mol sektoridagi inflatsiya 1,1 foizni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
Joriy yil boshidan iste'mol sektorida narxlarning o‘sish darajasi 5,9 foizni, o‘rtacha oylik o‘sish darajasi esa 0,6 foizni tashkil etdi. Yillik nisbatda INI o‘sish darajasi 10,8 foizga yetdi.
2021 yilning sentyabr oyida narxlar va tariflar oshishi bo‘yicha yetakchilik aholiga pullik xizmatlarga tegishli bo‘lib, oy davomida ularning narxlari o‘rtacha 1,5 foizga oshdi. Ushbu davrda, oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 1,2 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari 0,7 foizga oshdi.
Umuman olganda, 2021 yilning dastlabki 9 oyi davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlar oshishi bo‘yicha yetakchilikni ushlab turishda davom etmoqda (6,7 foiz). Nooziq-ovqat mahsulotlar ushbu davrda 4,9 foizga, xizmatlar 6,1 foizga qimmatlashgan.
Yillik nisbatda, 2021 yilning sentyabrida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 14,4 foizga oshib, uchta asosiy guruhlar orasida narxlar oshishi bo‘yicha yetakchi bo‘ldi. 2020 yilning sentyabr oyidan nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari 7,7 foizga, xizmatlar 8,7 foizga oshgan.
Mavzuga oid
13:43
O‘zbekiston tashqi savdosi: Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston yetakchi sheriklar
17:36 / 22.01.2026
Aholini ro‘yxatga olishda onlayn savolnomani bir kishi butun oila uchun to‘ldirishi mumkin
16:35 / 22.01.2026
Top-10 yo‘nalish: 2025 yilda o‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga bordi?
14:20 / 22.01.2026