Özbekistonda davlat aktivlarini xususiylaştirişda, şuningdek, mamlakat bank-moliya sektorini rivojlantirişda erişilgan ijobiy tendensiyalar tilga olindi. Manfaatdor xorijiy investorlarni jalb qilgan holda yirik davlat korxonalar va banklarni xususiylaştiriş borasida hamkorlikni çuqurlaştiriş hamda milliy bank tizimini rivojlantiriş hamda isloh qilişda birgalikda işlaşga tayyorlik bildirildi.

Xorijiy tomon şuningdek, transport sohasini transformatsiyalaş, jumladan, Özbekistonda infratuzilmaviy loyihalarni amalga oşirişga xususiy investorlarni jalb etişga kömaklaşiş orqali hamkorlik qilişga qiziqiş bildirdi.

Tomonlar metallurgiya, kimyo va neft-kimyo sanoati, qişloq xöjaligi va turizm sohalaridagi ustuvor loyihalarni investitsiyalar kiritişdan oldin birgalikda tayyorlaş hamda keyinçalik uşbu loyihalarni amalga oşirişga xorijiy investorlarni jalb qiliş böyiça hamkorlikni yölga qöyişga ham kelişib oldi.

1811 yilda taşkil etilgan “Rothschild & Co” kompaniyasi Rotşildlar oilasi tomonidan boşqariladigan moliyaviy xolding kompaniyasidir. Qarorgohi Parij şahrida joylaşgan. “Rothschild Group” banki guruhiga “N.M. Rothschild & Sons” (London) va “Rothschild & Cie Banque” (Parij) kompaniyalari ham kiradi. Guruh faoliyati investitsiyaviy hamda korporativ bank xizmatlari, xususiy kapital qöyilmalari, aktivlarni boşqariş, xususiy bank xizmatlari va boşqa sohalarni qamrab oladi.